Qog'oz menyu suratimi, Word faylmi, hatto qo'lda yozilgan ro'yxatmi — farqi yo'q. Telegram'ga tashlaysiz, qolganini biz qilamiz. Sizdan boshqa hech narsa talab qilinmaydi.
Ertaga tayyor · Kabinet kalitlari sizga o'tadi · Birinchi 30 kun bepul
Menyu ro'yxati. Boshqa hech narsa. Ro'yxatdan o'tish ham, taom kiritish ham, dizayn tanlash ham sizning ishingiz emas.
Chop etilgan menyu surati, Excel fayl yoki daftarga yozilgan ro'yxat — qaysi biri bo'lsa ham yaraydi. Telegram'ga tashlaysiz, xolos.
Taomlar, narxlar, bo'limlar, dizayn va QR kod — hammasini biz qilamiz. Odatda ertasiga tayyor bo'ladi.
Shaxsiy kabinet beriladi — narxni o'zgartirish 10 soniya. Kayfiyatingiz bo'lmasa, bizga yozasiz: o'zgartirib qo'yamiz. Hech kimga bog'lanib qolmaysiz.
Javob odatda 10 daqiqada · Birinchi 30 kun bepul · Yoqmasa to'lamaysiz
Har biriga bosing — jonli menyu o'sha uslubda ochiladi. So'zga ishonmang, ko'ring.
Chunki menyuni qo'lda ko'chirib o'tirmaymiz. Suratni sun'iy intellekt o'qiydi, biz esa faqat tekshiramiz. Boshqalarda bir hafta ketadigan ish bizda bir kun.
Menyu surati sun'iy intellektga beriladi: 50 ta taom nomi va narxi besh daqiqada ajratiladi.
Har bir nom va narx qo'lda solishtiriladi. Mashinaga ishonib qo'ymaymiz — xato menyuda qolmaydi.
Tayyor menyuni ko'rasiz. Biror joyi yoqmasa aytasiz — tuzatamiz. Keyin QR kod va kabinet sizniki.
O'zingiz qilasizmi yoki biz qilamizmi — tanlaysiz. Avval 30 kun bepul ishlatib ko'rasiz, yoqmasa hech narsa to'lamaysiz.
Menyuni biz kiritamiz. Keyin kabinetdan o'zingiz boshqarasiz.
yoki $150 / yiliga — 2 oy bepul
Siz hech narsa qilmaysiz — menyuni ham biz kiritamiz.
yoki $200 / yiliga — 2 oy bepul
Yillik to'lovda 2 oy bepul · Bir nechta filial yoki tarmoq bo'lsa — alohida kelishamiz
QR menyu — restoran menyusining onlayn ko'rinishi. Mehmon stoldagi QR kodni skanerlaydi va menyu telefonida darhol ochiladi. Ilova yuklash shart emas.
Yo'q. Menyu suratini Telegram'ga tashlasangiz, biz hammasini kiritib beramiz — taomlar, narxlar, dizayn va QR kod. Tayyor bo'lgach kabinet kalitlari sizga o'tadi: narxni o'zingiz o'zgartirasiz yoki bizga yozasiz.
Yo'q. Qog'oz menyuni telefonda suratga olasiz — sun'iy intellekt taom nomi, narxi va kategoriyasini o'zi ajratib chiqadi. Siz jadvalda ko'rib chiqib tasdiqlaysiz.
Ro'yxatdan o'tgach darhol boshlaysiz. Menyu suratdan o'qilgani uchun 50 taomli menyu ham bir necha daqiqada to'liq tayyor bo'ladi.
Menyu paketi oyiga $15, yillik to'lovda $150 (2 oy bepul). Menyuni biz to'ldiradigan va Telegram orqali buyurtma qabul qilinadigan to'liq xizmat oyiga $20 yoki yiliga $200. Ikkalasida ham avval 30 kun bepul sinab ko'rasiz — karta talab qilinmaydi.
Menyu 4 tilda ishlaydi: o'zbek, rus, turk va ingliz. Mehmon tilni o'zi tanlaydi.
Yo'q. QR skanerlanadi va menyu brauzerda ochiladi. Xohlagan mehmon uni bir bosishda telefoniga ilova sifatida qo'shib olishi mumkin.
Menyuni tashlash bir daqiqa oladi. Ertaga stolingizda QR turadi, mehmon telefonida menyuni ochadi. Bir daqiqa — va bu ish yopiladi.
Menyuni hozir tashlashKarta so'ralmaydi · Istalgan vaqtda to'xtatasiz